Test rejimida

Yangiliklar

YPX xodimi to‘xtatgan "Toyota Land Cruiser" avtomobilining haydovchisi qidiruvda bo‘lib chiqdi

Bugun, 2021-yil 25-noyabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi J.Abdulfayziyev xizmati davomida Yunusobod tumani, Alisher Navoiy ko‘chasida "Toyota Land Cruiser" rusumli avtomobilni to‘xtatib, haydovchi 1990 yilda tug‘ilgan A.X.ning ma’lumotlarini planshet moslamasi yordamida maxsus dastur orqali tekshirgan vaqtda, mazkur fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, 2021-yil 8-oktabr kunidan buyon qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib fuqaro A.X. tuman IIO FMBga topshirilgan.