Test rejimida

Yangiliklar

Tekshiruvlar davomida noqonuniy tarzda giyohvandlik, psixotrop hamda pirotexnika vositalarini olib ketayotgan haydovchi va yo‘lovchilar aniqlanmoqda

Poytaxt ko‘chalarida YPX xodimlari tomonidan tekshiruvlar davomida:

- 2021-yil 17-oktabr kuni soat 00:10 larda, Bektemir tumani hududida joylashgan “Sharq” YPX maskanida YPX xodimlari J.To‘raboyev va M.Shamshiyevlar tomonidan Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib kelayotgan “Lacetti” rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, salonda bo‘lgan yo‘lovchi, 1974-yilda tug‘ilgan R. O. ko‘rinishi va turli xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubxa uyg‘otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida yo‘lovchi R. O.ning cho‘ntagidan giyohvandlik moddasiga o‘xshash 3 dona o‘simlik boshog‘i va syellofan paketga solingan, yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik moddalari topilgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro O. R. va topilgan o‘simliklar Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2021-yil 17-oktyabr kuni soat 11:15 larda, Bektemir tumani hududida joylashgan “Bektemir” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari I.Mambetov va I.Djumaboyevlar tomonidan Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib kelayotgan “Isuzu” rusumli yuk avtomobili to‘xtatilib tekshirilganda, haydovchi, 1983-yilda tug‘ilgan A. B. ko‘rinishi va turli xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubxa uyg‘otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida haydovchi A. B.ning cho‘ntagidan qog‘oz parchasiga o‘ralgan, yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik moddasi topilgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi A. B. va topilgan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2021-yil 18-oktyabr kuni soat 00:30 larda Yangihayot tumani, Qipchoq ko‘chasida YPX xodimlari Sh.Tashxodjayev tomonidan “Damas” rusumli avtomobil to‘xtatilib xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, avtomobil salonidan 4 ta qoplarga solingan, jami 140 dona “7 SHOTS” nomli pirotexnika vositalari olib ketilayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi D. M. va aniqlangan vositalar Yangihayot tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2021-yil 17-oktyabr kuni soat 20:30 larda Uchtepa tumaniga xizmatga jalb etilgan YPX xodimi D.Xujayev tomonidan “Shirin” ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan “Lacetti” rusumli avtomobil to‘xtatilib xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, avtomobil yo‘lovchisi 1991-yilda tug‘ilgan B. M.ning yonidan 14 dona ”Regapen” nomli psixotrop dori vositalari topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro B. M. va aniqlangan vositalar Uchtepa tumani IIO FMBga topshirilgan.