Test rejimida

Yangiliklar

Tekshiruvlar davomida yonida giyohvand modda olib yurgan hamda qidiruvda bo‘lgan shaxslar aniqlanmoqda

Poytaxt ko‘chalaridagi tekshiruvlar davomida:

- 2021-yil 23-sentabr kuni soat 00:10 larda, Bektemir tumani hududida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari M.Shamshiyev va J.To‘raboyevlar tomonidan Toshkent viloyati hududidan Toshkent shahri hududiga kirib kelayotgan “Matiz” rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, salonda bo‘lgan yo‘lovchi, 1995-yilda tug‘ilgan O.N. o‘zining ko‘rinishi va turli xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubxa uyg‘otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida fuqaro O.N.ga tegishli bo‘lgan paket ichidan, gugurt qutisiga joylashtirilgan, qog‘oz parchasiga o‘ralgan, yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik moddasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro O.N. va topilgan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2021-yil 23-sentabr kuni soat 14:10 larda, Yunusobod tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari F.Nishonboyev va Gʻ.Saidqosimovlar tomonidan “Cobalt” rusumli avtomobil to‘xtatilib, haydovchi, 1991-yilda tug‘ilgan R.J.ning ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida maxsus dastur orqali tekshirilganda, fuqaro R.J. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan ayblanib, 2021-yil 19-iyul kunidan buyon qidiruvda ekanligi aniqlangan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro R.J. Yunusobod tumani IIO FMBga topshirilgan.