Test rejimida

Yangiliklar

Qoidani buzgan haydovchiga bayonnoma tuzildi

Ijtimoiy tarmoqda "Nexia" rusumli avtomobil haydovchisi yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan bo‘lagiga chiqib harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi va keng jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Holat Surxondaryo viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganildi va qoidani buzgan haydovchiga nisbatan bayonnoma tuzildi.

Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz.