Test rejimida

Yangiliklar

YPX maskanidagi tekshiruv mobaynida qidiruv bilan bog‘liq faktlar aniqlandi

YPX xodimlari tomonidan tekshiruvlar davomida:

- 2021-yil 11-oktabr kuni soat 03:00 larda, Bektemir tumani hududida joylashgan “Sharq” YPX maskanida YPX xodimlari J.To‘raboyev va M.Shamshiyevlar tomonidan Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib kelayotgan “Cobalt” rusumli avtomobil to‘xtatilib, haydovchi, 1981-yilda tug‘ilgan E. I. ning ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida maxsus dastur orqali tekshirib ko‘rilganda, fuqaro E. I. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, hozirda qidiruvda ekanligi aniqlangan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro E. I. Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

- Shuningdek, mazkur YPX maskanida 11-oktabr kuni soat 02:30 larda, ushbu xodimlar tomonidan Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga piyoda harakatlanib kirib kelayotgan, 1994 yilda tug‘ilgan A. B. ning ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida maxsus dastur orqali tekshirib ko‘rilganda, fuaro A. B. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi bilan ayblanib, hozirda qidiruvda ekanligi aniqlangan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro A. B. Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

Yo‘llarda tekshiruvlar davom etmoqda.