Test rejimida

Yangiliklar

YPX xodimlari tomonidan tekshiruvlar davomida qidiruvda bo‘lgan hamda yonida giyohvand modda olib yurgan shaxslar aniqlanishi davom etmoqda

YPX xodimlari tomonidan tekshiruvlar davomida:

- Joriy yilning 13-oktabr kuni soat 23:00 larda Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari D.Axmedov va A.Usmonovlar tomonidan Shaxrisabz ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan "VAZ-2107" rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda salonda bo‘lgan yo‘lovchi, 1998-yilda tug‘ilgan J. T. turli xatti-harakatlari bilan YPX xodimlarida shubxa uyg‘otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida J. T.ning yonidan 1000 so‘mlik pul kupyurasiga o‘ralgan, yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik moddasi topilib, belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro J. T. va aniqlangan modda M.Ulug‘bek tumani IIO FMBga topshirilgan.

- Joriy yilning 14-oktabr kuni soat 00:15 larda, Toshkent shahar, Uchtepa tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari Sh.Djurayev va D.Pirovlar tomonidan Guliston ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan "Lacetti" rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda haydovchi, 1997-yilda tug‘ilgan A. I.ning ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida maxsus dastur orqali tekshirilganda, fuqaro A. I. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 177-moddasi bilan ayblanib, qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro A. I. Uchtepa tumani IIO FMBga topshirilgan.

- Joriy yilning 13-oktabr kuni soat 22:50 larda, Toshkent shahar, Bektemir tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari D.Quttiboyev va A.O‘tbosarovlar tomonidan "Rohat" aylanma ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan "Hyundai" rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda haydovchi 1986-yilda tug‘ilgan N. A.ning ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida maxsus dastur orqali tekshirilganda, fuqaro N. A. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro N. A. Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.