Test rejimida

Yangiliklar

YPX xodimlari tomonidan tekshiruvlar davomida

Poytaxt ko‘chalaridagi tekshiruvlar davomida:

- 2021-yil 24-sentabr kuni soat 06:40 larda, Bektemir tumani hududida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari M. Sharipov va B. Nugmonovlar tomonidan Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib kelayotgan “Epica” rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, haydovchi, 1991-yilda tug‘ilgan M. M. ko‘rinishi va turli xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubxa uyg‘otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruvlar davomida fuqaro M. M.ga tegishli bo‘lgan uyali telefon g‘ilofi orqasidan, selofanga solingan, jigar rangli, o‘tkir hidli, saqichsimon modda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi M. M. va topilgan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan;

- 2021-yil 24-sentabr kuni soat 08:20 larda, Bektemir tumani hududida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari M. Toshboyev va F. Djo‘rayevlar tomonidan Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga chiqib ketayotgan “Matiz” rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, salonda bo‘lgan yo‘lovchi, 1977-yilda tug‘ilgan A. I. ko‘rinishi va turli xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubxa uyg‘otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida, fuqaro A. I.ning o‘ng oyog‘i paypog‘i ichidan, qog‘oz parchasiga o‘ralgan, jigar rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik moddasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro A. I. va topilgan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan;

- 2021-yil 24-sentabr kuni soat 12:45 larda Yunusobod tumani hududida joylashgan “Uch qahramon” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari A. Abdumavlonov va S. Urinboyevlar tomonidan, Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib kelayotgan, “Nexia” rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, salonda bo‘lgan yo‘lovchi, 1991-yilda tug‘ilgan D. R. ko‘rinishi va turli xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubxa uyg‘otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida, fuqaro D. R.ga tegishli bo‘lgan paket ichidan qog‘oz parchasiga o‘ralgan, jigar rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik moddasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro D. R. va topilgan modda Yunusobod tumani IIO FMBga topshirilgan;

- 2021-yil 24-sentabr kuni soat 23:00 larda Chilonzor tumani, Cho‘pon ota ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari S. Mahamadjonov va X. Mirzayevlar tomonidan “Nexia” rusumli avtomobil to‘xtatilib, haydovchi, 1993-yilda tug‘ilgan M. T. ning ma’lumotlari planshet yordamida maxsus dastur orqali tekshirilganda, fuqaro M. T. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi, 2-qismi bilan ayblanib, 2021-yil 9-iyun kunidan buyon qidiruvda ekanligi aniqlangan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro M. T. Uchtepa tumani IIO FMBga topshirilgan;

- 2021-yil 25-sentabr kuni soat 00:10 larda Yakkasaroy tumani, KXAY ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi I. Abdullayev tomonidan “Nexia” rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, salonda bo‘lgan yo‘lovchi ko‘rinishi va turli xatti-harakatlari bilan xodimda shubxa uyg‘otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida yo‘lovchi, 2000-yilda tug‘ilgan I. G. ning yonidan selofan paketga solingan, jigar rangli, o‘tkir hidli, saqichsimon modda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro I. G. va topilgan modda Yakkasaroy tumani IIO FMBga topshirilgan.