Test rejimida

Yangiliklar

Yo‘llarda YPX xodimlari tomonidan tekshiruvlar davomida

YPX maskanlarida hamda yo‘llardagi tekshiruvlar mobaynida:

- 2021-yil 18-oktabr kuni soat 08:20 larda, Bektemir tumani hududida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari A. Po‘latov va M. Sharipovlar tomonidan Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib kelayotgan, “Lacetti” rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, salonda bo‘lgan yo‘lovchi, 1975-yilda tug‘ilgan F. Sh. ko‘rinishi va turli xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubxa uyg‘otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida fuqaro F. Sh. ning cho‘ntagidan, syellofan parchasiga o‘ralgan, jigar rangli, o‘tkir hidli, saqichsimon modda topilgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro F. Sh. va topilgan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2021-yil 18-oktabr kuni soat 09:50 larda, Bektemir tumani hududida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi M. Sharipov tomonidan Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib kelayotgan “Nexia” rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, salonda bo‘lgan yo‘lovchi, 2001-yilda tug‘ilgan M. K. ko‘rinishidan xodimda shubxa uyg‘otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida fuqaro M. K. ning cho‘ntagidan, 1000 so‘mlik pul kupyurasiga o‘ralgan, yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik moddasi topilgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro M. K. va topilgan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2021-yil 18-oktabr kuni soat 06:00 larda Yangihayot tumani hududida joylashgan “Sirg‘ali” blok-postida xizmat olib borayotgan YPX xodimi O. Abdirimov tomonidan Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib kelayotgan, “Matiz” rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, salonda bo‘lgan yo‘lovchi, 1984-yilda tug‘ilgan B. I. ko‘rinishi va turli xatti-harakatlari bilan xodimda shubxa uyg‘otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida fuqaro B. I. ning yonidan, 5000 so‘mlik pul kupyurasiga o‘ralgan, jigar rangli, o‘tkir hidli modda topilgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro B. I. va topilgan modda Yangihayot tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2021-yil 19-oktabr kuni soat 00:20 larda Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida YPX xodimi V. Murotov tomonidan “Lacetti” rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, salonda bo‘lgan yo‘lovchi, 1995-yilda tug‘ilgan M. M. turli xatti-harakatlari bilan xodimda shubxa uyg‘otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv mobaynida fuqaro M. M. ning yonidan, 1000 so‘mlik pul kupyurasiga o‘ralgan, jigar rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik moddasi topilgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro M. M. va topilgan modda Yunusobod tumani IIO FMBga topshirilgan.

Yo‘llarda tekshiruvlar davom etmoqda.