Test rejimida

Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqda "Toshkentda birga-bir gaplashadigan GAI" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, YPX xodimi O.Nazirov haydovchiga nisbatan o‘z muddatida bartaraf qilinmagan qarzdorligi bo‘yicha to‘g‘ri tushuntirish berganligi, lekin o‘zaro muloqot jarayonida haydovchi nosamimiy munosabatda bo‘lgan vaqtda xodim og‘ir, vazmin bo‘lmasdan, muomala madaniyatidan chetga chiqqanligi ma’lum bo‘ldi. YPX xodimi O.Nazirov bilan muomala madaniyatiga rioya qilgan holda haydovchilar bilan muloqotda bo‘lishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, uning amaldagi "Hayfsan" intizomiy jazosi bilan chegaralanishi bo‘yicha xulosa qabul qilindi.