Test rejimida

Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan qoidabuzarlik holati boʻyicha tegishli chora koʻrilgan

Ijtimoiy tarmoqda, qora rangli, “Lacetti” rusumli ikki transport vositalarining haydovchilari yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol tarzda buzib harakatlanib yurganligi aks etgan video tarqalmoqda.

Videoda aks etgan holat 2021-yil 19-oktabr kuni Fargʻona viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan oʻrganilib, “Lacetti” rusumli, 40 T007TA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi, Qoʻqon shahrida yashovchi, 1997-yilda tugʻilgan R.R. va 40 E234NA davlat raqam belgili yana bir “Lacetti” rusumli avtomobil haydovchisi, Qoʻqon shahrida yashovchi, 2000-yilda tugʻilgan M.S. ekanligi aniqlangan.

“Lacetti” rusumli 40 T007TA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi R.R.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 126-moddasi 2-qismi tartibida, 40 E234NA davlat raqam belgili “Lacetti” rusumli avtomobil haydovchisi M.S.ga nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 128⁵-moddasi 2-qismi tartibida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.