Test rejimida

Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqda "Shahar bedarvozami, kim bo‘ldi bu erkatoylar?" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma’lumot

Joriy yilning 4-sentabr kuni soat 22:50 larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, A. Navoiy ko‘chasida haydovchi, 1991-yilda tug‘ilgan J. K. "Lacetti" rusumli, 01 168 WFA davlat raqam belgili avtomobilda xavfli manyovrlar bilan, ruxsat etilmagan bo‘lsada transport vositasiga yalt-yalt yonuvchi mayoqchalar o‘rnatgan holda harakatlangan vaqtda ushbu ko‘chada xizmat olib borayotgan YPX xodimi Z. Ahmadjanov tomonidan to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida avtomobil yon oynalarining tusi tegishli ruxsatnomasiz qoraytirilganligi ham aniqlangan. Haydovchi YPX xodimining qonuniy talablarini bajarmagan.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 126, 128⁵, 135, hamda 194-moddalari tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.

Barcha haydovchilardan yo‘llarda qoidalarga rioya qilishlarini, o‘zi va atrofdagilar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘raymiz.