Test rejimida

Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqda "Uddalab bo‘lmas topshiriq bajarildi" izohi bilan tarqalgan video o‘rganildi va qoidani buzgan haydovchiga bayonnoma tuzildi

Ijtimoiy tarmoqda "Uddalab bo‘lmas topshiriq bajarildi" izohi bilan tarqalgan videoda Samarqand viloyati, Toyloq tumanida harakatda bo‘lgan "Vaz-21011" rusumli avtomobil yukxonasida videotasvirchi "Malibu" rusumli avtomobilni tasvirga olib ketayotganligi aks etgan.

Video Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, qoidani chetlab o‘tgan haydovchi F. Y. ga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzildi.

Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz.