Test rejimida

Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video o‘rganilib, qoidabuzar haydovchiga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqda "Malibu" rusumli avtomobil haydovchisi transport vositasining davlat raqam belgisini o‘zboshimchalik bilan yechgan holda, Samarqand shahar ko‘chalarida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib yurganligi aks etgan video tarqaldi.

Video Samarqand viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib, qoidalarni qo‘pol tarzda buzib harakatlangan haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 125 hamda 128⁵-moddasi tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.

Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz. Yo‘l o‘yin maydoni emasligini unutmang.