Test rejimida

Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqda "GAI xodimlari quvgan haydovchi YTHga uchradi" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma’lumot

2021-yil 24-sentabr kuni soat 23:10 larda Andijon viloyati, Andijon shahar, Boburshoh ko‘chasidan Oltinko‘l ko‘chasi tomon haydovchi, 1999-yilda tug‘ilgan A. S. "Vaz-2107" rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan o‘ng tomonga chiqib ketib to‘xtagan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l-patrul xizmati avtomobili haydovchini quvib borganligi sabab YTH yuzaga kelganligi izohi bilan tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB mas’ullari tomonidan surishtiruvlar olib borilganda, YPX xodimi O.Soliyev o‘ziga biriktirilgan "Lacetti" rusumli xizmat avtomobilida ushbu YTH sodir bo‘lgan vaqtda mazkur ko‘chada harakatlanganligi, haydovchi A.S. boshqaruvidagi avtomobil ishtirokidagi YTHga aloqador emasligi ma’lum bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqdagi ayrim sahifalar egalaridan, har qanday ma’lumotni batafsil o‘rganmasdan turli izohlar bilan tarqatmasliklarini so‘raymiz.