Test rejimida

Yangiliklar

15-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumoti

Gidrometeorologiya xizmati markazining xabariga koʻra, 15-yanvar kuni Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10° iliq, kunduzi 12-14° iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim tumanlarda esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, Samarqand, Jizzax viloyatlarinig ayrim tumanlarda esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.