Test rejimida

Yangiliklar

Pnevmatik qurol, giyohvandlik va psixotrop dori vositalarni olib yurgan shaxslar qoʻlga olindi

Yoʻllardagi tekshiruvlar davomida:

- 2022-yil 12-yanvar kuni soat 18:30 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari A.Pulatov va M.Sharipovlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan “Lacetti” rusumli avtomobil toʻxtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganida, salonidan “Kent” nomli sigareta qutisi ichiga solingan 2 dona jigar rangli, oʻtkir hidli, saqichsimon moddalar topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi, 1995-yilda tugʻilgan O.Q. va aniqlangan moddalar Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2022-yil 12-yanvar kuni soat 23:40 larda Mirzo Ulugʻbek tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari N.Abdullayev va S.Axmedovlar tomonidan, A.Qodiriy koʻchasi boʻylab harakatlanib kelayotgan “Lacetti” rusumli avtomobil toʻxtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganida, salonidan tegishli hujjatlari boʻlmagan pnevmatik qurol hamda 8 dona ”Tropikamid” va 42 dona “Regapen” nomli psixotrop dori vositalari topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi, 1993-yilda tugʻilgan M.T. hamda anilangan qurol va dori vositalar M.Ulugʻbek tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2022-yil 13-yanvar kuni soat 00:20 larda, Chilonzor tumanida joylashgan “Erkin” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari F.Saidaxmedov va N.Todjiboyevlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan “Spark” rusumli avtomobil toʻxtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganida, yoʻlovchisi, 1998-yilda tugʻilgan A.R.ning yonidan qogʻozga oʻralgan, yashil rangli, oʻtkir hidli, quritilgan oʻsimlik moddasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro A.R. va aniqlangan modda Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan.

Tekshiruvlar davom etmoqda.