Test rejimida

Biz haqimizda

Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

- yo‘l-transport infratuzilmasining holati, yo‘l-transport hodisalari dinamikasi, yo‘l harakati qoidalarining buzilishi, yo‘llarning tirbandligi, transport vositalarining texnik holatini hisobga olgan holda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kompleks va tizimli tahlil qilish, shuningdek mazkur sohada vujudga keladigan muammolar va kamchiliklarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish;

- ichki ishlar organlarining yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalarining yo‘l-transport hodisalari va yo‘l harakati qoidalarining buzilishlari bilan kurashish borasidagi faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

- yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlanishini, shu jumladan yo‘l harakati qoidalari buzilishi profilaktikasi va ularga chek qo‘yishni, yo‘l-transport hodisalari va yo‘llar tirbandligini oldini olishni, huquqbuzarliklar sodir etilishiga aloqador bo‘lgan shaxslarni izlab topish va shaxslari aniqlanishini tashkil etish;

- ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish, shuningdek aholi bilan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha ochiq muloqotlar olib borish;

- yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid qonun hujjatlarini, huquqni qo‘llash amaliyotini, shuningdek uning shakllari va uslublarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.